Gulsara Ro'ziyevadan yangi adabiyot

Gulsara Ro'ziyevadan yangi adabiyot

  • 19.02.2025
  • 123
Blog Image

Tabiiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, professor Gulsara Ro‘ziyeva Temirqulovna “Tirik organizmlarning asosiy biopolimerli oqsil va nuklein kislotalarning tuzilishi mavzusini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” nomli monografiyada mavzuni o‘qitishda innovatsion zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida tavsiyalar berib o‘tilgan.

 

Mazkur monografiyada “Tirik organizmlarning asosiy biopolimerli oqsil va nuklein kislotalarning tuzilishi” mavzusini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar, innovatsion metodlar, xususan, muammoli ta’lim, didaktik o‘yinlar, hamkorlikda o‘qitish, interfaol va boshqa metodlardan foydalanish samarasi, bundan tashqari “Keys stadi”, “Aqliy hujum”, “Blits-so‘rov”, “Sinkveyn” interfaol metodlardan foydalanishning bilim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida manbalarga asoslangan holda bayon etilgan. 

 

Monografiyadan tibbiyot yo‘nalishi talabalari, ushbu sohada tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, doktorantlar, magistrlar shuningdek, tabiiy fanlar bilan qiziquvchi kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.