TISUda Bobur tavalludi

TISUda Bobur tavalludi

  • 14.02.2025
  • 237
Blog Image

Ulug’ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ilgan. Uning «Boburnoma» asari jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorliklardan biri hisoblanadi.

 

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida shoh va shoir tavalludiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda talabalar o’z chiqishlari va sahna ko’rinishlari bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida g’azalxonlik tanlovi bo’lib o’tdi, go’liblar faxrli diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

Bunday tadbirlar ajdodlarimiz madaniy merosini bugungi avlodga yetkazish, o‘tmishdagi qadriyatlarimizni tiklash, undan bahramand bo‘lish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.