TISUda fan olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida rus tili, ona tili, psixologiya va pedagogika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning turli fakultetlaridan iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Imtihonlar yozma hamda test shaklida yuqori saviyada o‘tkazilib, jarayonlar kafedralar o‘qituvchilari va O‘quv-uslubiy bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilindi.
Bu kabi fan olimpiadalarining o‘tkazilishi nafaqat talabalarning bilimini oshirish, balki ularning izlanuvchanligini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.