Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti bilan memorandum imzolandi

Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti bilan memorandum imzolandi

  • 14.02.2025
  • 739
Blog Image

Aytish kerakki, Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti mamlakatdagi eng yirik oliy ta'lim muassasalaridan biri bo’lib, hozirgi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 10 ming nafardan ortiq.

 
Shuningdek, Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti qoshida 3 ta institut faoliyat ko'rsatadi, bular:
Xo’jand xalqaro instituti, Dang’ara xalqaro instituti va Levakant xalqaro institutlari sanaladi. Ushbu institutlar keng qamrovli ta'lim dasturlari orqali iqtisodiyotning turli sohalari uchun, jumladan, sayyohlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar uchun xalqaro toifadagi mutaxasislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

 

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari universitetdagi ta’lim jarayoni va mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.  Muzokaralar jarayonida universitetlararo talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, universitetimiz talabalari uchun qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka kurslari hamda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etishga kelishib olindi va bu bo‘yicha memorandum imzolandi.