TISUda kengaytirilgan yig'ilish

TISUda kengaytirilgan yig'ilish

  • 15.02.2025
  • 353
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda universitet rektori, prorektorlar, professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.

 

Yig'ilishda universitet rektori A.Sattarov oliygohning ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim sifati nazorati va moliyaviy yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritdi.

 

2024-2025-o'quv yilida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar, guruh murabbiyligi faoliyati hamda ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etilishi bo‘yicha tahlil qilindi.

 

Shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va universitetni xalqaro nufuzli reytinglarga kiritish bo'yicha olib borilayotgan ishlar hamda rejalar to'g'risida so'z bordi.

 

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va tegishli mas’ullarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.