“Yilning eng yaxshi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

“Yilning eng yaxshi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

  • 20.02.2025
  • 345
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, tashabbuskor tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudirlarini rag'batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi mudiri”ni aniqlash boʻyicha tanlov e’lon qilgan edi. 


Nihoyat, tanlov natijalari aniqlandi. Bugun universitetda tanlovda eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtorokchilar taqdirlandi.
Natijalarga ko‘ra:


1-o‘rin — Denov tumani  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Hojiyev Umid Abloqulovich;


2-o‘rin — Termiz tumani  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Kenjayev Ilhom Abduhamidovich;


3-o‘rin — Termiz shahar  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Ro‘ziqulov Sirojiddin Aktamovichga nasib qildi.


G‘oliblarga diplom va sovg‘alarni universitet ta’sischisi J.Pardayev hamda rektori A.Sattarovlar topshirishdi.