21-fevral - Xalqaro ona tili kuni

21-fevral - Xalqaro ona tili kuni

  • 21.02.2025
  • 134
Blog Image

Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning milliy tafakkuri, ma'naviyati, qadriyatlari o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.

 

YUNESKO tomonidan 21-fevral ona - tili kuni deb e'lon qilinganligi munosabati bilan 2001-yildan beri dunyo bo‘ylab har yili shu kun bayram sifatida keng nishonlanadi. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti O'zbek tili va adabiyot kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan xodimlar va talabalar uchun qiziqarli viktorina tashkil etildi. Mazkur tadbir har bir qatnashchiga yangi bilim va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi desak, xato bo‘lmaydi.