Ahllashtiruvchi psixologik trening

Ahllashtiruvchi psixologik trening

  • 17.02.2025
  • 181
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis univesitetida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari bilan yoshlarda ijobiy fikrlashni rivojlantirish va ularni o‘zaro ahllashtiruvchi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

Univesitet psixologi Sanobar Xudoyorova tomonidan tashkil etilgan treningda dastlab, talabalar bilan mavzu yuzasidan samimiy suhbat olib borildi. So‘ng qiziqarli psixologik test o‘tkazildi. Test natijalaridan yoshlar ijobiy fikrlash ruhiy osoyishtalikni ta’minlashi hamda inson tushkunlikni sog‘lom fikrlash orqali yengishi mumkinligini bilib olishdi.

 

Ayniqsa, rang-barang sharlar yordamida bajarilgan mashg‘ulot talabalarga kayfiyat ulashdi. Bunday mashg‘ulotlar ularni ahllashtirishga, o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga yordam berishi tushuntirib o‘tildi.