Tojikiston tibbiy-ijtimoiy instituti bilan hamkorlik o'rnatildi

Tojikiston tibbiy-ijtimoiy instituti bilan hamkorlik o'rnatildi

  • 15.02.2025
  • 222
Blog Image

Tojikiston tibbiy-ijtimoiy instituti klinik, ilmiy-o’quv markazi va laboratoriyaga ega bo’lgan mamlakatdagi ilk nodavlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Talabalarga zamonaviy ta’lim standartlariga mos dasturlar orqali nazariy va klinik tibbiyot sohasida chuqur fundamental bilimlar beriladi. Institut tarkibida 5 ta fakultet faoliyat yuritadi, bular: tibbiyot, tibbiy psixologiya, stomatologiya, farmatsevtika va ijtimoiy tibbiyot fakultetlaridir. Institutda ta’lim berayotgan o’qituvchilarning ilmiy salohiyati o’ta yuqori darajada bo’lib, deyarli hammasi professor-o’qituvchilardir.

 

Ikki ta’lim muassasi orasida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma taʼlim dasturlari tashkil etish, tibbiyot, farmatsevtika, stomatologiya, madaniyat va turizm sohalariga oid hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

 

Tashrif so'ngida delegatsiya vakillari ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.