“Rektor kubogi”ga start berildi

“Rektor kubogi”ga start berildi

  • 19.02.2025
  • 239
Blog Image

Bugun Termiz iqtisodiyot va servis universitetida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

 


Universitetning barcha fakultet va yo’nalishlaridan jami 86 ta guruh g’oliblik uchun bellashadi. Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar o‘z raqiblarini aniqlab, qiziqarli va murosasiz bahslarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 


 Turnirning asosiy maqsadi – yoshlar orasida sportni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashdir.