TISU talabasi chempion!

TISU talabasi chempion!

  • 20.02.2025
  • 84
Blog Image

Joriy yilning 13-16-fevral kunlari Xorazm viloyatida yoshlar va qizlar o‘rtasida sambo va jangovar sambo bo'yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o'tdi.

 

Mazkur musobaqalarda respublikamizning barcha viloyatlaridan jami 785 nafar sportchi ishtirok etdi.

 

Xususan, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1- bosqich talabasi Mamatova Sevinch sambo sport turi bo‘yicha +80 kg vazn toifasida faxrli III o‘rinni egalladi. Sevinchni g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz, kelgusida jahon chempionatlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga ishonamiz.