Sportning mini-futbol turi bo’yicha "Rektor kubogi" boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-aprelagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 115-sonli qarori asosida, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida sportning mini-futbol turi bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi. Mazkur musobqada jami 86 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.
Bu turdagi musobaqalarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad, yoshlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, universitetda ta’lim olayotgan talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlashdan iborat.
Saralash bosqichidan o’tgan jamoalar o’zaro final o’yinlarida bellashadilar.