Surxon vohasining qadim tarixi

Tarix fanlari doktori, professor Eshbolta Qobulov va Kamoliddin Qobulovlarning “Mang‘itlar hukmronligi davrida Surxon vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” nomli monografiyada Buxoro amirligining Sharqiy hududlari sanalmish Surxon vohasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiq qilingan davr XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asrlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu O‘zbekiston tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mang‘itlar sulolasi va Rossiya imperiyasi hukmronligiga to‘g‘ri keladi.
Mazkur monografiyada ilk marta Surxon vohasining siyosiy hayotda tutgan oʻrni, dehqonchilik borasida katta maktabga ega ekanligi, chorvachilikda hududning oʻziga xos geografik oʻrniga oid yangi ma’lumotlar tahlil qilingan. Vaholanki, Surxon vohasi Buyuk Ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, Sharq davlatlari bilan savdo aloqalarida muhim oʻrni manbalarga asoslangan holda monografiyada bayon etilgan.
Undan umumiy oʻrta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurti talabalari hamda professor-oʻqituvchilar, shuningdek, Oʻzbekiston tarixida oʻz oʻrniga ega boʻlgan Surxon vohasining mangʻitlar davri tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.