Kutubxona — nurxona

Kutubxona — nurxona

  • 31.01.2025
  • 47
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan axborot-resurs markazining eshiklari har bir izlanuvchi o‘qituvchi va talaba uchun doimo ochiq. Markazning asosiy vazifasi, avvalo, professor-o‘qituvchilar, talabalarni o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash hisoblanadi.

— Markazimiz o‘z faoliyatini “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi,

shuningdek, 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori va sohaga doir boshqa qonunlar asosida olib bormoqda, — deydi universitet axborot-resurs markazi xodimi Umida Mengto‘rayeva. — Hozirgi kunda oliygohning 2 ta kutubxonasi mavjud bo‘lib, ular asosiy hamda 2-o‘quv binosida joylashgan. Har ikkala kutubxonaning kitob fondi 15 mingga yaqin. Elektron adabiyotlarimiz soni esa 30 mingtani tashkil qiladi. Qolaversa, markaz axborot bazasi har oyda yangi kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitib borilmoqda. Asosan, badiiy, ilmiy, siyosiy, hamda fanlarga oid darsliklar mavjud bo‘lib, dunyoga mashhur bestseller asarlar ham o‘quvchilarning sevimli kitoblariga aylanib ulgurgan.

Shiddatli yangilanish davrida kutubхоnalar tarmоg‘i eng yangi tехnоlоgik o‘zgarishlarga uchramоqda. Aхbоrоt-kutubхоna хizmati turlarining kеngayishi ko‘p sоnli kitоbхоnlarning, хususan, talabalarning aхbоrоtlar dunyosidan erkin fоydalana оlishini ta’minlaydi. Kutubхоna faоliyatiga aхbоrоt-kоmmunikatsiоn tехnоlоgiyalarning jоriy etilishi elеktrоn shakldagi o‘quv adabiyotlarining yaratilishiga, o‘zarо aхbоrоt almashuvining kеskin rivоjlanishiga va ta’lim samaradоrligining oshishiga оlib kеladi.

Oliygoh axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun sharoitlar yaratilgan. Talabalar va o‘qituvchilar uchun alohida o‘quv xonalari tashkil etilgan. Yana 24 ta zamonaviy kompyuterlar talabalar xizmatida. O‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan mutolaa xonasida ham monobloklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular istagancha elektron kitoblardan foydalanishlari mumkin.

— Markaz talabalar bilan gavjum, kimdir kitob olish yoki topshirish uchun

kelsa, yana kimdir kompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun keladi. Xullas, har bir talaba bemalol izlanishi, axborot olishi va foydalanishi uchun sidqidildan xizmat ko‘rsatamiz — deydi axborot-resurs markazi xodomi Nozanin Misirova.

Universitet tashkil qilinganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, kundan kunga fakultetlar, kafedralar va talabalar soni ortib borayapti. Tabiiyki, bu jarayonda universitet moddiy va axborot bazasini rivojlantirish, uni takomillashtirishga talab ham ko‘payadi. Shu sababli axborot-resurs markazi faoliyatini kengaytirish, kitobxonlarga yanada qulay sharoitlar yaratish, elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari sonini ko‘paytirish va qo‘shimcha o‘quv zallarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bugun kitoblarning shaklu shamoyili, tashqi qiyofasi ancha oʻzgargan

boʻlsa-da, ammo uning ilm-ma’rifat ulashishdek vazifasi hamon oʻzgarmagan. Kitob hayot yoʻlimizni yorituvchi nur boʻlsa, kutubxona — nurxonaga teng ziyo maskanidir. Demakki, ilm talabida boʻlgan har bir kishi bu maskanning eshigidan quruq qaytmaydi, albatta, qoʻynini kitobu ongini yangi ilm, ma'naviy dunyoqarash bilan toʻldirib chiqadi.

Maftuna YOʻLDOSHEVA,

Matbuot xizmati boʻlimi mutaxassisi