- Xalqaro hamkorlik
- Kitoblar
- Yo'nalishlar
- Ichki tartib-qoidalar
- Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
- Vakant lavozimlar
- Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet
- Struktura
- Tibbiyot fakultet
- Non Discrimination Statement
- Professor O'qituvchilar
- Iqtidorli talabalar
- University Mission
- TISU xorijiy tillarni o'qitish markazi
- Talabalarga
Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2024-yil 30-sentabrdan faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedradagi o‘qituvchilarning 8 nafari asosiy, 1 nafari ichki va 5 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Aytish kerakki, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashkil etilishida oliy ta’lim tizimida rivojlangan davlatlar darajasida O‘zbekistonning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik va madaniy rivojlanishi muammolarini hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shu ma’noda dunyo bilan bo‘ylasha oladigan kadrlar tayyorlashda til ta’limi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbek tili – ona tili bo‘lgan talabalarni ilg‘or xorijiy universitetlarning tajribalariga asoslangan holda rus tiliga mukammal o‘rgatish bo‘yicha bilim berish ko‘zda tutildi. Davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tilini va xalqaro til bo‘lgan rus tilini o‘qitishda davr talablariga to‘liq javob beradigan darajada tilni har tomonlama mukammal egallagan, og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni yetkazish muhim vazifa qilib belgilandi.
ISH USLUBI
Kafedra bugungi kunda kadrlarni tayyorlashda til o‘qitish jarayonining zamonaviy tashkiliy shakllarini joriy etmoqda. Bunda rus tillini o‘rgatishning eng samarali yo‘llarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning mexanizmlari ishlab chiqilib, unda rus tilining nazariy, tarixiy va dialektologik jihatlari, rus adabiyoti, uning rivojlanishining asosiy jarayonlari va xususiyatlari o‘rin oldi. Shuningdek, badiiy asar mutolaasi asosida ikkinchi til sifatida rus tilini o‘qitish uslubidan foydalanilmoqdaki, bir tomondan u o‘quvchilarni mamlakat, xalq hayoti va madaniyati bilan tanishtirish, ikkinchi tomondan esa, leksik va grammatik bilimlarni boyitish vazifasini bajarib, nutqning barcha uslublarini rivojlantirishga yordam beradi. Shu asosida barcha darslar o‘z vaqtida, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o'tkazilmoqda.
ILMIY FAOLIYAT
Kafedrada ikki nafar ilmiy darajaga ega o‘qituvchi: 1 nafar dotsent, 1nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) mavjud. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 20 ga yaqin ilmiy maqola chop etilgan, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar uchun 6 ta DGU mualliflik guvohnomasi olingan.
Kafedra faoliyati davomida darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda ulardan ta’lim jarayonida keng qo‘llanib kelinmoqda.
Misol uchun, Yelena Sattarova muallifligida chop etilgan “Русский язык”, “Современный русский язык. Фонетика”, “Сравнительно – сопоставительная языкознание” darslik va o‘quv qo‘llanmasi, “Лингвитическое отражение функционально – семантических особенностей эвфемизмов в аспекте лексикографического описания русского и узбекского языков” monografiyasi ta’lim jarayonida foydalanilmoqda.
TO'GARAKLAR
Kafedrada 1 ta ilmiy va 2 ta fan to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. “Lingvist” nomli ilmiy to‘garakda yoshlarga ilmiy mavzularda izlanishlar qilish, ilmiy maqola va tezislar yozish o‘rgatilmoqda. Fan to‘garaklarida esa talabalar til ko’nikmalarini amaliyotda qo’llashni o’rganishmoqda.
Qolaversa, kafedra o’qituvchilari jamoat ishlarida ham tashabbuskor. Yangi o‘quv yilining o‘zida ularning tashabbusi bilan 5 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir, milliy liboslar chelenji o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
XALQARO HAMKORLIK
Kafedra jamoasi boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Xususan, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, L.N.Gumilyova nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda Belorussiya davlat universiteti bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, kafedra mudiri Ye.Sattarova 2023-yilda Chexiya, Germaniya, Avstriya davlatlarida malaka oshirib qaytdi.