- Xalqaro hamkorlik
- Kitoblar
- Yo'nalishlar
- Ichki tartib-qoidalar
- Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
- Vakant lavozimlar
- Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet
- Struktura
- Tibbiyot fakultet
- Non Discrimination Statement
- Professor O'qituvchilar
- Iqtidorli talabalar
- University Mission
- TISU xorijiy tillarni o'qitish markazi
- Talabalarga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari o‘quv jarayonlaridan tashqari, viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydilar.
Xususan, stomatologiya hamda davolash ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-2-bosqich, pediatriya yo‘nalishining 1-bosqich talabalari Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bolalar stomatologiyasi, onkologiya dispanseri, viloyat hamda tumanlardagi markaziy poliklinikalar, tug‘ruqxona, perinatal markazi va hududlardagi oilaviy poliklinikalarda amaliyot jarayonlarida qatnashishdi. Shuningdek, talabalar yo‘nalishi bo‘yicha viloyatimizda mashhur “Impuls”, “Sanatrix”, “Doktor Valiyev”, “O’tan polvon”, “Sulton Hospital”, “Mashhura” kabi xususiy klinikalarga biriktirilib, u yerda talabalar bemorlarni tekshirish, tashxis qo'yish, davolash jarayonini kuzatish va terapevtik usullarni qo'llash ko‘nikmalarini o'rgandilar.
— Klinik tadqiqotlarda bevosita ishtirok etishi bo‘lajak shifokorlarda qon bosimini o'lchash in'yeksiya qilish, bemorning ahvolini tahlil qilish kabi tajribalarning shakllanishiga yordam beradi, — deydi Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sadriddin Eshkarayev. — Jumladan, fakultet talabalari ushbu jarayonda bemorlar bilan muloqot qilishni, ularga psixologik yordam ko'rsatishni o'rgandi. Bu esa ularda bemorlarning muammolarini tushunish va aniq ko'rsatmalar berish kabi muloqot qobiliyatini rivojlantiradi. Eng muhimi, talaba kasalxona va poliklinikalarda shifokorlar, hamshiralar va boshqa sog'liqni saqlash mutaxassislari bilan birgalikda ishlashni o'rganadi.
Malakaviy amaliyot himoyasida har bir talaba-yoshning o‘rganganlari sinovdan o‘tkazildi. Jami 1271 nafar talaba amaliyot yakunlari bo'yicha nazorat imtihonlarini topshirishdi. Mazkur jarayon shaffof o‘tishi uchun universitet O‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan nazorat qilindi.