Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

  • 24.01.2025
  • 170
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xodimi Jaloliddin Eshquvvatov hamda Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimi Boburjon Mirsaidov ishtirok etishdi.

 

Muloqot davomida yoshlarning duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Ushbu uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning fikr-mulohazalarini inobatga olishga qaratilgan.