- Xalqaro hamkorlik
- Kitoblar
- Yo'nalishlar
- Ichki tartib-qoidalar
- Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
- Vakant lavozimlar
- Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet
- Struktura
- Tibbiyot fakultet
- Non Discrimination Statement
- Professor O'qituvchilar
- Iqtidorli talabalar
- University Mission
- TISU xorijiy tillarni o'qitish markazi
- Talabalarga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB) a’zoligiga qabul qilindi. Ushbu ittifoqqa hozirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistonning 106 ta universiteti, jumladan O‘zbekistondan 11 ta oliy ta’lim muassasasi a’zo hisoblanadi. TURKUNIB Turkiy davlatlar o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Mazkur a’zolik universitetimiz uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, TURKUNIB doirasida ilmiy konferensiyalar, seminarlar va tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyati oshadi va bu universitetimiz bitiruvchilarining xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Universitetimizning TURKUNIBga a’zo bo‘lishi ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish, turkiy xalqlar bilan madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda mintaqaviy iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shishda muhim qadam hisoblanadi.