- Xalqaro hamkorlik
- Kitoblar
- Yo'nalishlar
- Ichki tartib-qoidalar
- Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
- Vakant lavozimlar
- Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet
- Struktura
- Tibbiyot fakultet
- Non Discrimination Statement
- Professor O'qituvchilar
- Iqtidorli talabalar
- University Mission
- TISU xorijiy tillarni o'qitish markazi
- Talabalarga
Endi Oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
“Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025) qabul qilindi.
Qarorga ko’ra, oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan davlat buyurtmasi maxsus electron platforma orqali shakllantiriladi.
2025-2026 o’quv yilidan:
· Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi platformada jamlangan ma’lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi;
· Kadrlarga bo’lgan ehtiyoj 4 yillik davrga ishlab chiqilib, har yili mehnat bozorining o’zgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlashni inobatga olgan holda, platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.
Platformaga quyidagi ma’lumotlar kiritib boriladi, jumladan:
· Iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bo’lgan aholi soni;
· Davlat va nodavlat OTMlari bitiruvchilarining o’qishni tamomlagandan so’ng rasman bandligi to’g’risidagi ma’lumotlar;
· Mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud bo’sh ish o’rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha bandlike darajasi haqida;
· “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS) axborot tizimida mavjud bitiruvchilar va OTMlar to’g’risida;
Nizom quydagilarni nazarda tutadi:
· Davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va buyurtmani yuqori turuvchi organlarga taqdim etish;
· Ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash tartibi;
· Iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib boorish maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishda ustuvorlik beriladigan yo’nalishlarni aniqlash.
2025-yildan 4 yillik davr uchu davlat buyurtmasi parlamentlarini oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo’yicha davlat komissiyasiga har yili 1-mayga qadar kiritilishi ta’minlanadi.