TISU delegatsiyasi Dushanbeda
![Blog Image](https://tisu.uz//uploads/news/347/l_b5aead15ae495696fd4b05b75be13540.jpg)
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori A.Sattarov boshchiligidagi delegatsiyasi Tojikistondagi safari davomida Dushanbe shahridagi Rossiya-Tojikiston (Slavyan) universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetlariga tashrif buyurishdi. Mazkur universitetlar rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Rossiya-Tojikiston (Slavyan) universiteti tarix fanlari doktori, Milliy tarix kafedrasi professori, Tojikiston Respublikasi san’at akademiyasi akademigi, Rossiya Federatsiyasi ta’lim sohasining faxriy xodimi Saydali Muxiddinov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Professor universitetimiz bilan xalqaro hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi.
Jarayonda professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma taʼlim dasturlari tashkil etish, tibbiyot, taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalariga oid hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
Tashrif so’ngida delegatsiya vakillari ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.