“Sultan Hospital” klinikasi shifokorlari Turkiya davlatida malaka oshirmoqda

“Sultan Hospital” klinikasi shifokorlari Turkiya davlatida malaka oshirmoqda

  • 12.02.2025
  • 88
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti qoshida ochilgan klinikaning bosh shifokori Ilyos Xursandov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Antaliya shahridagi “Medikal Park” shifoxonasiga tashrif buyurdi.  U yerda tajribali urolog, travmatolog, ortoped, jarroh, proktolog, nevropatolog kabi malakali mutaxassislarning ish jarayonini kuzatish, ular bilan suhbatlashish orqali bemorlarda uchrayotgan murakkab kasalliklarni tashxislash, ularni davolashning samarali usullarini oʻrganishdi. 


Murakkab jarrohlik amaliyotining oʻtkazilish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega boʻlishdi. Bu esa shifokorlarga bugungi kundagi eng soʻngi davolash usullari, tibbiyotda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish koʻnikmalarini egallashga yordam beradi. 


Antaliyadagi “Medical Park” shifoxonasi O‘rta yer dengizi mintaqasida joylashgan bo‘lib, Turkiyadagi eng yirik shifoxonalar guruhi bo‘lgan “Medical Park Group”ga tegishli. Unda  turli kasalliklarni davolashda yuqori texnologiyalardan foydalaniladi. Xususan, shifoxona mutaxassislari yadro tibbiyoti, LINAC (chiziqli tezlashtirilgan radioterapiya) va organ transplantatsiyasi bo‘yicha katta tajribaga ega. 


Xalqaro obro‘si tufayli “Medical Park” shifoxonasi milliy va xalqaro bemorlarga yuqori darajadagi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.  
Shifoxona majmuasi 30 000 metr kvadrat maydonni egallagan bo‘lib, 206 o‘ringa mo‘ljallangan. Unda 84 ta poliklinika xonasi va 10 ta jarrohlik majmuasi ham mavjud.