Antaliyadagi "Yasam" kop tarmoqli klinikasi bilan memorandum imzolandi

Antaliyadagi "Yasam" kop tarmoqli klinikasi bilan memorandum imzolandi

  • 12.02.2025
  • 78
Blog Image

“Sultan Hospital” klinikasi delegatsiyasi Turkiyaga tashrifi chog‘ida Antaliyadagi "Yasam" kop tarmoqli klinikasi faoliyati bilan ham tanishdi. Klinikadagi malakali mutaxassislar bilan muzokaralar olib borildi va ushbu shifoxonada “Sultan Hospital” klinikasi shifokorlarining tajriba almashishlari bo‘yicha memorandum imzolandi.  


Antaliyada joylashgan mazkur xususiy klinika 2006-yilda 108 o‘rin bilan o'z faoliyatini boshlagan. Hozirda klinika Antaliya va uning atrofida yashovchi aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatadigan sog'liqni saqlash muassasasi sanaladi.  


10 yil davomida dunyoning turli mamlakatlari, xususan, Angliya va Germaniyadan kelgan bemorlarga transplantatsiya, onkologiya, endoskopik xirurgiyaga asoslangan zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatadi.