"Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori kubogi" ochiq turniri nihoyasiga yetdi

"Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori kubogi" ochiq turniri nihoyasiga yetdi

  • 20.01.2025
  • 73
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3- noyabrdagi "Karate WKF sport turini yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur musobaqa yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

 

Aytish kerakki, ushbu musobaqa ko‘plab sportchi yoshlar uchun o‘z iste'dodini namoyon etishda chinakam mahorat maydoni bo‘lib xizmat qildi.

 

— Bugungi bolalar, o'smirlar va yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan karate WKF sport turi bo'yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi, — deydi Surxondaryo viloyati Karate WKF assotsiatsiyasi bosh kotibi, xalqaro toifadagi hakam Alisher Qlichev. — Mazkur musobaqa yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yoshlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, musobaqalar orqali iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni kelajakda professional sportga jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bu kabi tashabbuslarga qo‘l urishda yana davom etadi. Negaki, universitet voha yoshlari orasida Jahon chempionlari chiqishidan, ular yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, viloyatimiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishidan manfaatdordir.

 

 

 

 

 

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Termiz iqtisodiyot va servis universiteti