Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Yaponiyadagi safari davomida Nagoya shahridagi Kinjo Gakuin universitetiga tashrif buyurishdi. Mazkur universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma taʼlim dasturlar tashkil etish, farmatsevtika, taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalariga oid hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda universitetimizda yapon tilini o‘qitishni tashkil etishda ko‘maklashish masalalari bo‘yicha ham istiqbolli kelishuvlarga erishildi.