Respublika oliy ta'lim muassasalarining faoliyatini baholash maqsadida joriy yilning 30-iyun — 8-iyul kunlari har yilgi o'quv yili yakunida o'tkazish an'anaga aylangan "Yil oliygohi" ko'rik-tanlovining 2-fasli bo'lib o'tdi.
Tanlovda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi" deb topildi. Tashabbuskorlar tomonidan universitet rektoriga tanlov statuetkasi va mukofot sertifikati topshirildi.