TISU ta’lim yo‘nalishlarini bitirib qaysi sohalarda faoliyat yuritish mumkinligi haqida bilasizmi?

TISU ta’lim yo‘nalishlarini bitirib qaysi sohalarda faoliyat yuritish mumkinligi haqida bilasizmi?

  • 02.08.2023
  • 4824
Blog Image

Bugundan siz o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishi mutaxassisi qaysi faoliyat turida ishlashi haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etib boramiz!

60110200 - Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi bo‘lib faoliyat yuritishi, o‘rta
professional ta’limning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha texnikumlarda kasbiy
fanlardan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi, uslubchi bo‘lib ishlash;
 

Ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan
lavozimlarda ishlash;
 

O‘rta professional ta’lim maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha texnikumlarda
maktabgacha ta’lim metodikalari o‘qituvchisi mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni
amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist
bo‘lib ishlash;

Maktabgacha ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida
kichik ilmiy xodim bulib ishlash;

Arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot
muassasalarida, qo‘lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub’yektlarida, nodavlat
notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;

mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va
ma’rifat markazlarida ishlash;
 

Ishlab chiqarish sohalarda maktabgacha ta’lim pedagogikasi, o’qitishning
didaktik vositalari, ta’limning elektron vositalarini ishlab chiqishi va amaliyotga
joriy etish.
 

Fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar
buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat
sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
 

Mazkur Malaka talablari "Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti".
Asosiy qoidalar "Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari
klassifikatori",O’zbekiston Respublikasi Milliy malaka ramkasiga muvofiq ishlab chiqilgan va rasmiy me’yoriy-uslubiy hujjat hisoblanadi.