MOTOL UNIVERSITETI KASALXONASIDA Praga, Chexiya

MOTOL UNIVERSITETI KASALXONASIDA Praga, Chexiya

  • 23.07.2023
  • 615
Blog Image

TISU delegatsiyasi Pragadagi Motol universiteti kasalxonasida boʻlib muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur Chexiya Respublikasidagi yetakchi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lib, har yili dunyoning turli burchaklaridan 1 million 200 dan ortiq ambulator va statsionar bemorlarni qabul qiladi. Bemorlarning qariyb 98 foizi ushbu tibbiyot markazida samarali davolanadi va tezda odatdagi hayot ritmiga qaytadi. 
Motol kasalxonasi 2238 bemorga moʻljallangan. Bemorlarga 6100 nafardan ortiq xodimlar xizmat koʻrsatishadi.
Motol Klinikasi universitet maqomi tufayli mintaqadagi boshqa klinikalardan ustunlikka ega. Kasalxona bemorlari innovatsion dori vositalari, eng yangi ishlanmalar va davolashning takomillashtirilgan usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Universitetimiz vakillari shifoxonadagi kardiologiya va lor sohalari boʻyicha ilgʻor tajribalar bilan tanishdilar. Bu ayniqsa TISU tibbiyot yoʻnalishlari talabalari uchun taasurotlarga boy boʻldi.