Sayohatchilar birinchi kunni Samarqand viloyatiad Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshlashib, undan keyin Xo’ja Doniyor ziyoratgohi, Shohizinda ziyoratgohi, Ulug’bek rasadxonasi, Go’ri Amir maqbarasi va Registon maydonida sayohatda bo’lishdi. Sayohatning ikkinchi qismi ya’ni Shahrisabz shahrida sayohat davomida talabalar “Oqsaroy”, “Dorut-tilovat” majmualari, “Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi” muzeyi va boshqa qadimiy obidalar, yodgorliklar bilan yaqindan tanishishdi.