Yig’ilishni Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori A.Sattarov kirish so’z bilan ochib berdi. A.Sattarov o’z so’zida o’qituvchilar va talabalar o’rtasida muomala madaniyatini shakllantirish, universitetning bino va uning jihozlarini toza saqlash, guruh sardorlarining o’qituvchi va talabalar o’rtasida vositachi bo’lib korrupsiya holatlarini sodir etmaslik hamda, universitet odob-axloq qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlandi.
Shundan so’ng guruh sardorlari tomonidan talabalarning muammo va takliflari eshitildi.