“Mening Konstitusiyam”

“Mening Konstitusiyam”

  • 25.04.2023
  • 409
Blog Image

“Mening Konstitusiyam”

               Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Surxondaryo viloyat kengashlari tomonidan Yangi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga tushuntirishga bag‘ishlangan “Mening Konstitusiyam” shiori ostidagi navbatdagi siyosiy-huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy Kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlar, jamoatchilik faollari, turli soha vakillari, shijoatli yoshlar va faol xotin-qizlar, umuman o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yuzlab Surxondaryoliklar ishtirok etdi.

           Tadbirni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati F.Sharipov ochib berdi va Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, haqida ma’lumotlar berib, yangi konstitusiyaning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini xaqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida muhim va qiziqarli fikrlar, san’atkorlarning chiqishlari va viktorina savollari ham o‘rin olib, g‘oliblarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.