19-20-may kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida birinchi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

19-20-may kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida birinchi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

  • 18.04.2023
  • 429
Blog Image

   O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga moljallangan Yangi Ozbekistonning taraqqiyot strategiyasini Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi togrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-sonli farmoni, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda Ozbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash togrisida” 2023-yil 7-iyundagi 310-sonli qarori ijrosini taminlash, shuningdek, talabalarning olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targib etish, ularning ilm-fan rivoji yolida munosib avlod bolishdek ezgu intilishlarini ragbatlantirish va qollab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 19-20-may kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Talabalarning 2022-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagishlangan ananaviy birinchi ilmiy-amaliy anjumani otkaziladi.

Anjumanga ilmiy-amaliy izlanishlar olib borayotgan barcha talabalar o‘z tezislari bilan qatnashishga taklif etiladi. Anjuman quyidagi sho‘balarda faoliyat olib boradi:

1. O‘zbekiston tarixi va etnologiyasining dolzarb muammolari

2. Pedagogika

3. O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari

4. Jismoniy madaniyat muammolari 5.

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolari

6. Axborot texnologiyalari

7. Xorijiy tillarning dolzarb muammolari

8. Tabiiy va tibbiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari

9. O‘zbekistonda tibbiyot sohasining rivojlanish masalalari

           Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz va nemis tillari. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tuzilgan ekspert va tahrir hay’ati ijobiy baholagan va saralagan tezislar umumlashtirilib tezislar to‘plami sifatida nashr etiladi. Anjumanda ijobiy baholangan ma’ruzalarga har bir sho‘ba bo‘yicha ishtirok etayotgan talabalarning o‘zlari 3 ta o‘rin belgilaydi Anjuman sho‘balarida qatnashgan har bir talabaga anjumanda ishtirok etganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi va o‘rin olgan talabalar diplom bilan taqdirlanadi Ilmiy anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar 3 sahifadan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi va puxta tahrirlangan tezislarini sho‘balar bo‘yicha mas’ul rahbarlar va kafedralarga 2023 yil 17 mayga qadar taqdim etishlari kerak. Belgilangan muddatdan kechikkan tezislar qabul qilinmaydi. Anjumanning asosiy tadbirlari:

2023-yil 19-may kuni konferensiya sho‘balarda o‘tkaziladi. 

2023-yil 20-may kuni 10-00 da sho‘balar bo‘yicha eng yaxshi ma’ruzalar bilan qatnashgan talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Tezislarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

         Ilmiy tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 formatdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 2 sm., o‘ngdan 2 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin fakultet, ta’lim yo‘nalishi va kursi ko‘rsatiladi. Uning ostidan ilmiy rahbari albatta qayd etiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word/rtf dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida bo‘lishi lozim. Taqdim etilgan tezislarda muallif va ilmiy rahbarning  imzosi talab etiladi.

Fakultetlar bo‘yicha murojaat uchun tashkiliy qo‘mita a’zolari:

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti – Alisher Abdusamatov (91-577-62-99),

Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti – Ulug‘bek Bobomurodov (93-635-63-99),

Tibbiyot fakulteti – Bekzod Bobomurodov (91-586-77-76)