Biz uddalaymiz, men uddalayman!

Biz uddalaymiz, men uddalayman!

  • 04.02.2025
  • 281
Blog Image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 4-fevral sanasi “Saratonga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan.

 

 Saratonga qarshi kurashish kunini joriy qilishdan maqsad, jamiyatni saraton kasalligi va uning oqibatlari haqida xabardor qilish, ushbu kasallikning oldini olish, ertaroq aniqlash va davolash usullariga e'tibor qaratishdir. 

 

Saraton kasalligini oldini olishning eng samarali usullaridan biri bu – sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilsih, jismoniy faol bo‘lish, uyquga ketish va uyg‘onish rejimiga qat’iy rioya qilish hisoblanadi.

 

Har bir inson o‘z organizmini “eshitish”ni o‘rganishi kerak, organizm shu darajada mukammal va individual qilib yaratilganki, u bexato ishlaydi. Tizimda nimadir xatolik bo‘layaptimi, darrov belgi berishni boshlaydi, faqat siz uni vaqtida his qilib, e’tibor berib, tibbiyot xodimlari bilan mastlahatlashib nazoratsiz qoldirmasligingiz kerak. 

 

Doimo sog‘lom, go‘zal bo‘lay desangiz, tanangizni o‘rganing,  uni chiniqtirng va albatta, har olti oyda shifokor ko‘rigiga borib turishni unutmang.