Termiz iqtisodiyot va servis universitetida JICA GROW loyihasi ekspertlari tomonidan “Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari” mavzusida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Yaponiyada o‘qish va ishlashning afzalliklari, Yaponiya taʼlim va mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilarga Yaponiyaga borish tartiblari hamda Yaponiya karyera portali orqali o‘qish va ishlash uchun ariza topshirish jarayoni haqida tushuntirishlar berildi.
Seminarning alohida qismida ishtirokchilar Yaponiya taʼlim tizimi, ish muhiti va xalqaro aloqalarni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va imkoniyatlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.