Oltinsoydagi 10 ta maktabga amaliy yordam ko‘rsatiladi

Oltinsoydagi 10 ta maktabga amaliy yordam ko‘rsatiladi

  • 09.11.2024
  • 30
Blog Image

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning ko‘rsatmasiga asosan, Oltinsoy tumanidagi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 10 tasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga biriktirilgan. 

 

Shu bois universitet rektori A.Sattarov boshchiligida professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh Oltinsoydagi maktablarda bo‘lishdi. 

 

Ishchi guruh a'zolari maktablardagi mavjud barcha muammolarni o‘rganishdi. Maktab direktorlari, o‘qituvchilari bilan suhbatda bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishishdi.

 

Birinchi navbatda, maktablarning moddiy-texnik bazasini yangilash, metodik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarga TISU professor-o‘qituvchilari tomonidan har bir fan bo‘yicha seminarlar o‘tib berish choralari ko‘riladigan bo‘ldi. 

 

Shuningdek, universitet tomonidan bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrovi darajasini oshirishga ham amaliy ko‘mak beriladi.