8 mart – Xalqaro xotin-qizlar Bayramingiz Muborak Aziz Ayollar

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar Bayramingiz Muborak Aziz Ayollar

  • 08.03.2023
  • 347
Blog Image

 

Sen mo‘tabar ona, mehri yagona.

Sen opa, singilsan, go‘zal durdona.

Sen gulday noziksan ma’suma hayol,

                                                                                                              Dunyoning beshigi bu sensan Ayol!

   8 -  MART – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan

TABRIK

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, qadrli  talabalar, muhtarama opa-singillar!

Avvalo yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etamiz.

Kirib kelgan qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan universitet ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etamiz.

Yana bir bor bahor va go‘zallik bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuni  munosabati bilan qadrli ayollarimizga eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Oilamizga quvonch, hayotimizga go‘zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz, baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni yil bo‘yi tark etmasin.

Hurmat bilan "Termiz iqtisodiyot va servis universiteti universiteti jamoasi!