Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati delegatsiyasi TISUda

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati delegatsiyasi TISUda

  • 19.09.2024
  • 87
Blog Image

Novosibirsk viloyatining taʼlim vaziri M. Jafyarova va Novosibirsk qurilish-montaj kolleji direktori L. Xolinalar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, professor -o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma taʼlim dasturlari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya vakillari universitet professor–o‘qituvchilari bilan uchrashib, mazkur viloyat oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazishdi. 

Uchrashuv yakunida Rossiya delegatsiyasi vakillariga universitetning erishgan yutuqlari, o‘quv jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlari tanishtirildi.