TISUda "Xonatlas" festivali boʻlib oʻtdi

TISUda "Xonatlas" festivali boʻlib oʻtdi

  • 17.09.2024
  • 81
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o’zbek urf-odatlari va an’analariga asoslangan holda yosh avlodning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish, madaniyatini yuksaltirish, estetik didini rivojlantirish, milliy mentalitetimizga mos liboslarni keng targ'ib qilish maqsadida “Xonatlas” festivali bo’lib o’tdi.

Latofatli ayol va qizlarning atlas, adras, beqasam, banoras kabi milliy matolardan tikilgan liboslarda va milliy aksessuarlarda ishtirok etgani festivalga yanada kayfiyat bag'ishladi.