Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-2025-o‘quv yili uchun universitet Kengashining dastlabki yig‘ilishi bo'lib o'tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-2025-o‘quv yili uchun universitet Kengashining dastlabki yig‘ilishi bo'lib o'tdi

  • 30.08.2024
  • 380
Blog Image

Dastlab, yig‘ilishda universitetning ilmiy unvon olgan o‘qituvchilariga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik attestatlari topshirildi. Kengashni universitet rektori A.Sattarov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligini munosib kutib olish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik to‘g‘risidagi masalalar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi. 

Kun tartibiga binoan universitetning yangi o‘quv yili uchun o‘quv, ilmiy, xalqaro aloqalar, ma’naviy va moliyaviy sohalar bo‘yicha ish rejasi tasdiqlandi. So‘ng bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari,fan dasturlari,o‘quv yuklamalari hajmini tasdiqlash haqida mas’ullarning axboroti eshitildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va qo‘shimcha topshiriqlar berildi.