Surxondaryolik faol tadbirkorlarga davlat mukofoti topshirildi

Surxondaryolik faol tadbirkorlarga davlat mukofoti topshirildi

  • 15.08.2024
  • 230
Blog Image

 Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan Farmon bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi hissasi uchun bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.  Ular orasida davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta'sischisi Jamshid Pardayev ham bor.

 Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida vohalik tadbirkorlarga davlat muokofotlari va ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorlarning keyingi yillarda vohamizni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi. Shundan so‘ng, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.