Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qiluvchi asli oʻzbekistonlik bloger, jurnalist va aktyor Otabek MAHKAMOV ishtirokida “Zamonaviy jurnalistika va blogerlik: afzalligi, muammolari” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.
Unda universitet talaba-yoshlari hamda o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Seminar-trening o‘tkazilish vaqti: 7-may kuni soat 11:00 da, universitet bosh binosi 703-xona.
Uchrashuv mehmoni taniqli so‘z ustasi Shukrullo ISROILOV.