Tashrif davomida universitetda yosh avlod uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, oʻquv xonalari, dars mashgʻulotlari jarayonlari bilan tanishdi.
Universitet rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda mehmon oliygohning ilmiy salohiyati hamda ta'lim berish texnologiyasini alohida e'tirof etdi. Surxon vohasida barpo etilgan bu maskan nafaqat vohaga, balki respublikamizga sifatli kadrlar tayyorlashga xizmat qilishini aytib o‘tdi.