Ayni paytda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
Bilimlar bellashuvida viloyat hududidagi 955 ta maktablarning o‘quvchilari matematika fani yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Test savollarining shaffof holda hududlarga yetkazilishi hamda olimpiadaning odilona o‘tkazilishi uchun universitet va hamkor tashkilotlar vakillari nazorati ta’minlangan.