Bugun Denov tumanidagi 100 dan ortiq umumiy o‘rta ta'lim maktablarining direktorlari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo'lishdi. Tashrifning asosiy maqsadi universitet faoliyati bilan tanishish bo‘lib, mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Universitetning mavjud imkoniyatlari, qamrovi, ta'lim sifati, xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilindi.
Mehmonlar TISU faoliyati bilan tanishar ekan, bunday zamonaviy universitet talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlariga zamin yaratishini ta’kidlashdi.