TISUda "Ma'naviyat sektori" bo'yicha respublika seminari o'tkazildi

TISUda "Ma'naviyat sektori" bo'yicha respublika seminari o'tkazildi

  • 17.04.2024
  • 431
Blog Image

Prezidentimiz tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati tajribasida «Ma’naviyat sektori» faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vohamizda respublika seminari o'tkazildi. Respublikamizning turli hududlaridagi ma'naviyat sektorlari vakillaridan iborat ishchi guruh xususan, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. 

Universitetning mavjud imkoniyatlari, qamrovi, ta'lim sifati, xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, aynan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning mukammal darajada yo'lga qo'yilgani yaqqol misollar bilan seminar ishtirokchilariga namoyish etildi. 

Seminar davomida mehmonlar talaba-yoshlarimiz, professor-o'qituvchilarimiz bilan suhbatlashishdi. Ular universitet jamoasining yutuqlari bilan tanishar ekan, Surxondaryoda yagona bo'lgan xususiy oliygohning faoliyati havas qilarli darajada ekanligini alohida e'tirof etishdi.

Albatta, qisqa muddat ichida bugungidek yuqori ko'rsatkichlarga erishish oson bo'lmadi. Buning uchun puxta o'ylangan strategiya va ahil jamoaning mehnati asqotdi.

Seminar ishtirokchilari ana shunday taassurotlar bilan qaytishar ekan, ta'lim muassasamiz haqida iliq fikrlarni bildirishdi.