Termiz iqtisodiyot va servis universitetining magistratura bosqichi talabalari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda universitet rektori A.Sattarov, barcha prorektorlar, dekanlar va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda asosan ilmiy tadqiqot olib borishning ahamiyati, afzalliklari, maqola yozishning dolzarbligi haqida fikrlar bildirildi. Rahbariyat tomonidan universitet jurnalining maxsus soni aynan magistratura bosqichi talabalari uchun ajratilishi aytib o'tildi.