Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy ta’lim mussasalari bilan hamkorlik uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
Universitetimizga Hindistonning RETROKA EDUCATION Pvt. Ltd tashkilotining menejeri Dr.Gaurav Kumar Singh tashrif buyurdi. Ucharashuv davomida Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot yo’nalishi professor-o’qituvchilari va talabalarining akademik almashinuvini yo’lga qo’yish, hamda hindistonlik talabalarni universitetimizga o’qishga qabul qilish masalalari muhokama qilindi.