Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev Termiz iqtisodiyot va servis universitetning yangi o‘quv binosiga tashrif buyurdi. Bu yerda tahsil oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari bilan tanishdi.
Talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qurarkan, bunday zamonaviy o‘quv binosi ularning sifatli ta’lim olishlariga zamin yaratishini ta’kidladi.