Termiz iqtisodiyot va servis universitetining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur binodagi ilk o‘quv kunida erta tongdan universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida davlat madhiyasi yangradi.
Shundan so‘ng, universitet rektori A.Sattarov so‘z olib, oliygoh jamoasi hamda talabalari uchun yangi o‘quv binosida barcha shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
Albatta, shahar markazida qad rostlagan ushbu zamonaviy va ko‘rkam bino ko‘zni quvontiradi. Shu ma’noda oliygoh jamoasi hamda talabalari ham o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda o‘quv jarayonlarini boshlashdi.