TISU kengashining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

TISU kengashining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

  • 07.03.2024
  • 221
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda taklif etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Dastlab yig‘ilishda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Sh.Otamurodovga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik attestati topshirildi. Shundan so‘ng universitetdagi ta’lim sifatini oshirish va ta'lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumot berildi.

Shuningdek, Kengashda universitet professor-o‘qituvchilaridan dotsent ilmiy unvoni hamda kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimlariga tavsiya etish masalasi ko‘rilib, tayyorlangan o‘quv qo‘llanma, monografiyalar hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi. 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi turli masalalar yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.