Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Magistratura bo'limi va Xorijiy tillar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.
Unda Oliy attestatsiya komissiyasi nizomi talablariga muvofiq magistr ilmiy darajasini olish uchun yoziladigan dissertatsiyalarning rasmiylashtirilishi, yozilish qoidalari yuzasidan kerakli tushuncha va tavsiyalar taqdimotlar asosida berib o'tildi.
Mazkur seminarda tinglovchilar sifatida qatnashgan Xorijiy til va adabiyoti ta'lim yo'nalishi magistrantlari uchun ham ilmiy yangiliklarga boy bo'ldi.